
Anri: "Monako" kurashishda davom etadi
"Monako" klubi bosh murabbiyi Terri Anri kecha PSJdan (0:4) uchralgan yirik mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Jamoalarning mahoratidagi farq sezildi. PSJ har doimgi oddiy g‘alabaga erishdi. Ammo, tarkibdagi ko‘plab jarohatlarga qaramay “Monako” raqib darvozasi oldida etarlicha vaziyatlar yarata oldi.
Biz kurashishda, ishlashda va olg‘a qadam tashlashda davom etamiz. Hozir “Monako” safida judayam yosh futbolchilar o‘ynashmoqda. Ularga ijobiy qarash kerak. Bundan tashqari biz yana 2 nafar etakchimizni yo‘qotdik. Bu judayam yomon”, - deydi Anri.
Ma’lumot uchun, “Monako” ayni damda 7 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar