
Angliyalik muxlis o‘z va’dasini bajardi (foto)
Angliyalik Den Uelsh ismli futbol ishqibozi tatuirovka yo‘li bilan o‘z badaniga Angliya terma jamoasi safida JCh-2018da ishtirok etayotgan barcha futbolchining ismini yozdirib chiqdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra Uelsh may oyidayoq o‘zining Tvitterdagi sahifasida agar terma jamoasi JCh-2018ning chorak finaliga qadar etib bora olsa, badaniga ushbu tatuirovkani chizdirishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, Garet Sautgeyt boshchiligidagi Angliya terma jamoasi nimchorak finalda Kolumbiya ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, 1/4 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar