
Anett Kontaveyt ikkinchi davraga yo‘l oldi
Estoniyalik tennischi Anett Kontaveyt Doxa shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasiga muvaffaqiyatli o‘tdi.
Qatar poytaxti mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqaning birinchi davrasida Anett xitoylik Chju Linni 7:6, 6:3 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa "Qatar Total Open" turnirining navbatdagi bosqichida Kontaveyt germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar