
Andrey Kanchelskisni "Navbahor"ga Alisher Usmonov olib keldimi?
Marosimdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Shamshod Sarikov ham ishtirok etdi va jurnalistlarning bir qator savollariga javob qaytardi.
Jumladan Sarikov Kanchelskisning "Navbahor"ga kelishida asli namanganlik milliarder Alisher Usmonovning qo‘li bor yoki yo‘qligi borasidagi savolni ham ochiqlab o‘tdi.
"Bu barchani qiziqtirayotgan va o‘rinli savol bo‘ldi. Biz anchadan buyon Alisher Usmonov bilan muzokara olib boryapmiz. Ta’kidlaganingizdek, u asli namanganlik va o‘z tug‘ilib-o‘sgan shahrini yaxshi ko‘radi. Ayni paytda Alisher Burxanovich bilan homiylik borasida muzokara olib boryapmiz. U o‘z vatani - O‘zbekistonni juda sevadi va Alisher Usmonov buni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirzieyov bilan uchrashuvi chog‘ida ham e’tirof etdi.
Albatta, Alisher Burxanovichning “Navbahor”ga homiylik yordami berishi va klubimizga e’tibor qaratishidan umidvormiz. Lekin Andrey Kanchelskisning “Navbahor” bosh murabbiyi lavozimini egallashida Alisher Usmonovning aloqasi yo‘q", - dedi Sarikov.
Fikrlar