Andrey Fyodorov "Lokomotiv"ning yangi futbolchilari haqida nimalar dedi?
Bugun O‘zbekiston Superkubogi oldidan "Samarqand darvoza" ko‘ngilochar savdo markazida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanning ikkinchi qismida mamlakatimiz chempioni – “Lokomotiv” bosh murabbiy Andrey Fyodorov qatnashdi.
"Men murabbiy sifatida ilk bor Superkubok o‘yinimni o‘tkazaman. Ertaga albatta o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz.
Futbolchilarning ketishiga ob’ektib va sub’ektiv tomonlari bor. Men taklif qilgan futbolchilar nafaqat ketganlarning o‘rnini to‘ldiradi, balki ulardan ham yaxshiroq o‘ynay olishadi", - dedi Fyodorov



Fikrlar