
Andijonda futbol murabbiylarining bilimlari qayta sinovdan o‘tkazilmoqda
Jami 1500 nafardan ortiq murabbiylardan imtihonlar olingan bo‘lsa, shulardan 400ga yaqin murabbiylarga ikki oy sinov muddati berilgandi. Belgilangan reja asosida, ikki oylik muddatdan so‘ng ulardan qaytadan imtihon olish jarayoni davom etmoqda. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Murabbiylar bilimlarini qaytadan sinovdan o‘tkazish navbati Andijon viloyatiga etib keldi. Andijonlik futbol murabbiylari berilgan muddat davomida qay darajada o‘z ustida ishlaganlari qayti nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, imtihon davomida murabbiylarning mashg‘ulotlar olib borishga qanday tayyorgarlik ko‘rganliklari, konspekt yozish, maydonni mashg‘ulotga tayyorlash, mashg‘ulot davomida bolalarga ko‘rsatmalar berib borish usullari, murabbiyning mashg‘ulot davomida o‘zini tutishi, futbolchilarning mashg‘ulotdagi xatolarini aniqlash, ko‘rsatib borish va o‘sha xatolarni to‘g‘irlash borasida amalga oshiradigan xatti-harakatlari tekshirilmoqda. Shuningdek, murabbiylarning mashg‘ulot paytida bolalarni nazorat qilib borish uchun pozitsiya tanlashdagi bilim va ko‘nikmalari hamda mashg‘ulot davomidagi faolligi ko‘zdan kechiriladi.
Berilgan imkoniyatdan foydalana olmay, imtihonda salbiy natija ko‘rsatgan murabbiylar litsenziyasidan mahrum qilinadi.
Fikrlar