Andijon yana bir futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 3 fevral, 2019, 18:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tarkibni kuchaytirish uchun taklif etilgan bir qator xorijlik legionerlar bilan muzokara olib borildi va yakunda Serbiyalik markaziy himoyachi Aleksich Radosav bilan shartnoma imzolandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Ma’lumot uchun, Aleksich Radosav 1986 yilning 6 mart kuni Bosniya va Gertsogovinada tavallud topgan. Bo‘yi 190 sm. Ampluasi markaziy himoyachi. So‘nggi jamoasi FK “Radnik” (Bielina).

2013/2014 yilgi mavsumda Bosniya va Gertsogovina chempionatida ishtirok etgan “Zrinski” klubi bilan mamlakat chempionligini nishonlagan. O‘sha mavsumning 2-davrasida “Zrinski” klubiga kelib qo‘shilgan Radosav 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, barcha uchrashuvlarda to‘liq (900 daqiqa) harakat qilgan.

2017/2018 yilgi mavsumda “Krupa” klubida o‘ynagan jamoamizning yangi a’zosi 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasi bilan birgalikda Bosniya va Gertsogovina Kubogi finaligacha etib kelgan va finalda “Jeleznichar” klubiga 0:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Faoliyati davomida Serbiyaning “Napredak”, “Radnichki”, Bosniyaning “Slaviya”, “Zrinski”, “Travnik”, “Krupa” va “Radnik” klublari sharafini himoya qilgan Aleksich Radosav bundan buyon “Andijon” jamoasida faoliyatini davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!