"Andijon" safiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo‘shilishdi

  • 3 fevral, 2019, 12:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan “Andijon” o‘z safiga mahoratli futbolchilarni jalb etishda davom etmoqda.

Tecno

O‘tgan mavsumni Muborakning “Mash’al” klubida o‘tkazgan yarim himoyachi Sardor Abduraimov ham yangi mavsumni “burgutlar” safida boshlashi mumkin. Ayni damda “Andijon” Qibrayda “Oq-Tepa”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmoqda. Sardor Abduraimov esa ushbu bahsda andijonliklar safida asosiy tarkibda o‘yinni boshladi.

Shuningdek o‘tgan mavsum ma’lum muddat “Neftchi”da to‘p surgan ukrainalik posbon Vitaliy Mirniy ham “Andijon” safida ko‘rikdan o‘tmoqda. U ham ayni damda davom etayotgan o‘rtoqlik o‘yinini asosiy tarkibda boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!