
"Andijon" Toshkentda "Oq-tepa" va "Buxoro" bilan o‘ynaydi
Superliga debyutanti hisoblangan "Andijon"ning Toshkentdagi yig‘ini 6 fevralga qadar davom ettiriladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu vaqt orasida "burgutlar" ikkita nazorat o‘yini o‘tkazishadi. Dastlab "burgutlar" 3 fevral kuni "Oq-Tepa", 6 fevral kuni esa "Buxoro" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishadi.
Mazkur bahslar orqali murabbiylar tarkibdagi futbolchilarning imkoniyatini yana bir bor ko‘zdan kechiradi.
Fikrlar