
Ana xolos! Sanches yana "Arsenal"ga qaytishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi "Manchester Yunayted"da to‘p surayotgan sobiq hujumchisi Aleksis Sanchesni yana ortga qaytarishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra agar 29 yoshli chililik futbolchi MYu safida olayotgan maoshi kamayishiga rozi bo‘lsa, “kanonirlar” uni qishdayoq o‘z saflariga qaytarib olishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, uning “qizil iblislar” safidagi yillik maoshi 22,5 mln evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Sanches “Arsenal” safida 2014-2018 yillarda to‘p surgan va bundan roppa-rosa bir yil muqaddam 34 mln evro evaziga MYuga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar