Ana xolos! Modrich UEFA Superkubogida ishtirok etish uchun o‘z ta’tilidan voz kechmoqchi

  • 29 iyul, 2018, 11:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich 15 avgust kuni UEFA Superkubogi uchun bo‘lib o‘tadigan bahsda ishtirok etmoqchi va buning uchun o‘z ta’tilini “qurbon” qilishga ham tayyor.

Tecno

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Modrich “Atletiko”ga qarshi o‘yinga bir hafta muddat qolganida “qirollik klubi” mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Aytish lozimki, u 15 iyul kuni Xorvatiya terma jamoasi safida JCh-2018 finalida ishtirok etgan va shu bois “Real” unga uzoqroq hordiq chiqarish uchun imkon bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!