
Ana xolos! Konte "Real"da ish boshlashi mumkin
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegining o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan yana bir nomzod paydo bo‘ldi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra yozda “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan va ayni damda ishsiz yurgan italiyalik mutaxassis Antonio Konte “qirollik klubi”ning qiziqishlar doirasida bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari ushbu lavozimga madridliklarning ikkinchi jamoasi hisoblangan “Real Madrid Kastilya” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan Santyago Solarining nomzodi ham ko‘rib chiqilmoqda.
Fikrlar