Ana xolos: Ibrohimovich "MYu"da o‘ynashga loyiq emas

  • 25 noyabr, 2016, 19:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen hozir hujum chizig‘ida to‘p surayotgan Zlatan Ibrohimovich bu jamoada asosiy to‘purar degan fikrga qo‘shilmasligini aytdi.
 
- Joze Mourino jamoaga kelganida hujum chizig‘i yuqoris aviyali o‘yin ko‘rsatolmasligini bilardi, - dedi Maykl Ouen. - Reshford yosh, Runi asosiy hujumchi ortida o‘ynaydi, Marsyal ham to‘purar emas. Shuning uchun Joze vaqtinchalik chora sifatida Zlatan Ibrohimovichni olib keldi. Ibrohimovich yaxshi hujumchi, lekin "MYu"da eng zo‘r to‘purar o‘ynashi kerak.
 
Zlatan Ibrohimovich "Manchester Yunayted"da 11 uchrashuvda oltita to‘p kiritdi. Ouenning o‘zi esa 65 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 25 marotaba ishg‘ol qilgan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!