Ana xolos! Avvaliga Suares, mana endi Messi ham "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushmasligi mumkin

  • 11 dekabr, 2018, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi forvardi Lionel Messining bugun Chempionlar ligasi guruh bosqich so‘nggi turida "Tottenxem"ga qarshi bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.

Tecno

“Biz Messi jarohat olgan paytda ham juda yaxshi o‘ynadik. Hozir u charchagan va dam olmoqchi, shu sababli uning bugun maydonga tushishiga ishonchim komil emas”, - deydi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde.

Eslatib o‘tamiz, kecha Luis Suaresning ham ushbu uchrashuvda ishtirok etmasligi ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, "Barselona" - "Tottenxem" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:50da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!