
Allegri: Sami Xediraning qaytishini kutyapman
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yarim himoyachi Sami Xediraning jarohatidan tiklanishini kutayotganini aytib o‘tdi.
- Yanvar oyidagi asosiy maqsadimiz Sami Xediraning tiklanishidir. Mavsumning birinchi qismida yaxshi natijaga erishdik, maqsad sari to‘htamasligimiz darkor. Chempionlik sari harakatni "Kevo"ga qarshi bahsdan boshlash darkor, - deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com nashri.
Fikrlar