
Aliyor Noraliev WSB turniridagi debyut jangini g‘alaba bilan boshladi
Termiz shahrida mezbonlik qilayotgan WSB VIII mavsum 5-tur janglarining uchinchisi ham yakuniga etdi.
Unda 64 kg vazn toifasida “Uzbek Tigers” sharafini himoya qilayotgan Aliyor Noraliev turnirdagi debyut jangini “Caciques Venesuela” vakili Kristian Palasioga (3-2-0) qarshi o‘tkazdi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda hamyurtimiz bir ovozdan jang g‘olibi deya e’tirof etildi.
Fikrlar