Alison van Uytvank "Hungarian Ladies Open"da bosh sovrinni qo‘lga kiritdi
Belgiyalik tennischi Alison van Uytvank "Hungarian Ladies Open" turnirida barcha raqibini engib bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Alison musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida chexiyalik Marketa Vondroushovani 1:6, 7:5, 6:2 hisobida taslim qildi.
Budapeshtda o‘tgan musobaqadagi so‘nggi g‘alaba Van Uytvank uchun 43,000 AQSh dollari va 280 reyting ochkosini keltirdi.



Fikrlar