Aleksis Sanches endi PSJga o‘tmoqchi

  • 26 oktabr, 2018, 15:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida bir qarorga keldi.

Tecno

Daily Mail nashrining xabar berishicha mankuanliklar safida asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berib qo‘ygan 29 yoshli chililik futbolchi PSJga o‘tmoqchi. Biroq, parijliklar yiliga  29,3 million evro maosh oladigan futbolchini sotib olishni xohlashadimi yoki yo‘q, hozircha ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Sanches MYuga joriy yilning yanvarida “Arsenal”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida mankuanliklar safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!