
Aleks Sandro PSJ bilan kelishib oldi, ammo "Yuventus" ...
Avvalroq xabar berganimizdek, "Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro faoliyatini PSJda davom etirishi mumkin.
Parijliklar futbolchi uchun 40 million evro taklif qilishmoqda, biroq "Yuve" Sandroni 50 million evrodan kamrog‘iga qo‘yib yubormoqchimas.
Aytib o‘tish joizki, 27 yoshli braziliyalik PSJ bilan shartnoma tuzish bo‘yicha kelishib olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Sandro Frantsiyada yiliga 4,5 million evro daromad topadi. Turinda himoyachining maoshi yiliga 1,7 millionga tengdir.
Fikrlar