
Alba: "Oltin to‘p" bu - yolg‘on, Messi - dunyoning eng zo‘r futbolchisi
“Barselona” klubi himoyachisi Jordi Albaning fikricha jamoadoshi Lionel Messi “Oltin to‘p”ga munosib loyiq edi.
“Oltin to‘p” bu – yolg‘on. U ommaviy axborot vositalari va ko‘plab kompaniyalar qurshovida qolgan. Lekin hamma Messini eng zo‘r futbolchi deb biladi.
Pele Leoni faqat bitta oyog‘ida qobiliyatga ega deb aytdi. Balkim Pele bunday masalalarda u qadar yaxshi bilimga ega emasdir. Chunki Leo hamma narsani biladi”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum hozircha 11ta gol va 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar