
Alba Milandaligida uyini o‘g‘ri urdi
"Barselona" himoyachisi Xordi Albani tunab ketishdi. Bu haqda La Vanguardia nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra o‘g‘rilar uyning orqa eshigidan kirishib, deraza orqali ikkinchi qavatga chiqishgan. Bu paytda esa futbolchining oilasi birinchi qavatda bo‘lgan. Qorovul esa hech narsani ko‘rmaganini aytdi.
Hayriyatki, buning natijasida hech kim zarar ko‘rmagan. Biroq, Alba talonchilik oqibatida qancha zarar ko‘rgani hozircha ma’lum qilinmayapti.
Ta’kidlash kerakki, Albaning o‘zi ham voqea sodir bo‘lgan payt uyida bo‘lmagan. U bu paytda “Barselona” bilan birga “Inter”ga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Milanga jo‘nab ketgan edi.
Fikrlar