
Alan Shirer: “MYu”Mourinoni atayin oson o‘yinlar oldidan haydadi
Angliya terma jamoasi va “Nyukasl” klubining sobiq hujumchisi Alan Shirer “Manchester Yunayted”ning Ole-Gunnar Sulsher qo‘li ostidagi ilk g‘alabasiga izoh berdi. “Qizil iblislar” norvegiyalik mutaxassis qo‘li ostidagi ilk bahsda “Kardiff”ni 5:1 hisobida mag‘lub qilgandi.
“Manchester Yunayted” raqibi “Kardiff Siti”ga qaraganda ancha kuchli, bu meni hayratga solmadi. Ayni vaqtda uelsliklar APLda jon saqlash uchun kurashmoqda. Rostini aytin kerak, “MYu” rahbariyati Mourinoni atayin oson o‘yinlar oldidan haydadi. Ular Sulsherga boshqaruvning ilk davrlarida ko‘proq ishonch qozonishi uchun imkoniyat berdi”, – dedi Shirer.
Ma’lumot uchun, Mourino 2016 yilning yozida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U bundan avval “Portu”, “Chelsi”, “Inter” va “Real” klublarida ham faoliyat yuritgan.
Fikrlar