"Al-Nasr" "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan Shukurovning jamoasiga imkoniyatni boy berdi

  • 14 fevral, 2019, 23:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Otabek Shukurov to‘p tepadigan "Sharja" jamoasi bu tur safarda "Al-Nasr" bilan bellashdi. Dubay shahrida kechgan  uchrashuvda mehmonlar minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi.

Tecno

Bellashuvdagi yagona gol 74-daqiqada Rayan Mendesh tomonidan kiritildi. Shukurov odatdagidek maydonda to‘liq 90 daqiqa to‘p surdi.

Bugungi g‘alaba natijasida sharjaliklar hisobidagi ochkolar soni 37 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. 

OChL 3-saralash bosqichi doirasida "Paxtakor"ga raqiblik qiladigan "Al-Nasr" hisobidagi ochkolar soni bugungi o‘yindan so‘ng  o‘zgarishsiz qoldi (16) va jamoa turnir jadvalida 9-pog‘onani egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, "Al-Nasr"  - "Paxtakor" qarama-qarshiligi 19 fevral kuni Toshkent  vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.

BAA Pro-ligasi. 15-tur

"Al-Nasr" - "Sharja" 0:1

Gol: Rayan  Mendesh (78).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!