
"Akulalar" "ritsarlar"ni g‘ajib tashladi
Erta tongda okean ortida xokkey bo‘yicha MXLning Stenli kubogi chorak final doirasidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazildi.
Bahslar orasida "San-Xose akulalari" o‘z maydonida "Vegas ritsarlari"ni qabul qildi. Seriyalar bo‘yicha hisobni tenglashtirib olish uchun astoydil harakat qilgan "akulalar" o‘z maqsadlariga erishishdi. Gollash shousiga aylangan bahs "San-Xose"ning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va seriyalar borasida hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi.
Ikkinchi qarama-qarshilikda esa "Tampa-Bey" safarda "Boston"ni 4:1 hisobida tor-mor keltirdi va seriyalar borasida 2:1 hisobida oldinga o‘tib oldi.
"Boston" – "Tampa-Bey" – 1:4 (1:3, 0:0, 0:1) – seriyalar borasida hisob 1:2
"San-Xose" – "Vegas" – 4:0 (2:0, 1:0, 1:0) – 2:2
Fikrlar