
Akinfeev van der Sarga tenglashib oldi
Xabaringiz bor Moskvaning TsSKA klubi kecha EChL guruh bosqich so‘nggi turi doirasida "Real"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu jamoalarning Moskvadagi to‘qnashuvida ham TsSKA 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
E’tiborlisi, shu tariqa “armiyachilar” posboni Igor Akinfeev “qirollik klubi”ga qarshi o‘tkazilgan har ikkala o‘yinda ham o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Bleacher Report nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Akinfeev EChLning bir mavsumida “Real”ga qarshi 2ta o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan tarixdagi 4-darvozabonga aylandi.
Shu tariqa TsSKA sardori Edvin van der Sar (1995/96 yilgi mavsum), Yens Lemann (2005/06 yilgi mavsum) hamda Pepe Reyna (2008/09 yilgi mavsum) kabi darvozabonlarga tenglashib oldi.
Fikrlar