Aguero bugun ham "Manchester Siti"ga yordam berolmaydi

  • 4 dekabr, 2018, 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi hujumchisi Serxio Aguero bugun Angliya premer-ligasining 15-turi doirasida "Uotford"ga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.

Tecno

The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli argentinalik futbolchi jamoaning kechagi mashg‘ulotlarida jarohat olgan. Tez orada u to‘liq tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi va shundan so‘ng uning 16-turda “Chelsi”ga qarshi markaziy bahsda ishtirok etish yoki etmasligi ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Aguero mushaklari toliqqanligi bois “shaharliklar”ning so‘nggi uchrashuvini ham o‘tkazib yuborgan edi.

Ma’lumot uchun, "Uotford" - "Manchester Siti" o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!