Afoninning jamoasi yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

  • 17 mart, 2018, 21:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya Milliy Futbol ligasida  28-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p tepadigan “Orenburg” klubi o‘z maydonida “Olimpiets”ni  qabul qildi.

Tecno

Mazkur bellashuvda mezbonlar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Afonin o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90  daqiqa o‘ynadi.

Bugungi g‘alabadan so‘ng orenburgliklar jamg‘argan ochkolar soni 60 taga etdi va jamoa turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Rossiya Milliy Futbol ligasi. 28-tur

"Orenburg" - "Olimpiets" 3:0 (2:0,  1:0)

Gollar: Popovich, 11; Sutormin, 44; Chirkin, 87.

"Orenburg": Frolov, Begich, Malix, Terexov, Udaliy (Andreev, 90+), Oyevole, Popovich (Vorobev, 81), Sutormin (Delkin, 90+), Afonin, Chirkin, Kozlov (Mamtov, 72).

"Olimpiets" : Borodko, Malyarov, Ayupov, Gorbunov, Sergeev (Nejelev, 71), Fedoriv, Filin, Chiryak (Zaerko, 64), Fomin Daniil, Xayrullov (Xripkov, 13), Bocharov (Belyakov, 46).

Ogohlantirishlar: Chirkin, 57; Popovich, 81 - Filin, 66; Ayupov, 84.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!