
Afoninning jamoasi yana mag‘lub bo‘ldi
Kecha Rossiya Premer-Ligasida 6-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Vadim Afonin faoliyat olib boradigan “Anji” klubi o‘z maydonida “Dinamo”ga mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvda hisobni Afoninning jamoasi ochgan bo‘lsada, yakunda mehmonlar iroda namoyish etib, 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Hamyurtimiz odatdagidek, o‘yinda 90 daqiqa harakat qildi.
Rossiya Premer-Ligasi. 6-tur
Anji – Dinamo 1:3 (1:2, 0:1)
Gollar: 1:0 – 9 Yakovlev, 1:1 – 15 Bechiray, 1:2 – 34 Panchenko, 1:3 – 76, penalti Panchenko.
Anji – Solosin, Danchenko (Lipartiya, 68), Fibel, Bryzgalov, Musalov, Karasev (Guliev, 61), Afonin, Xubulov, Markelov, Yakovlev, Leskano(Mamtov, 46).
Dinamo – Shunin, Kozlov, Xolmen, Rykov, Terexov, Temnikov, Sou (Sosnin, 82), Panchenko (Vanderson, 77), Tashaev, Lutsenko (Zotov, 46), Bechiray.
Ogohlantirishlar: Xubulov (24), Sou (59), Rykov (85).
Fikrlar