
Afonin jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va “Orenburg” quyi ligada g‘olib bo‘ldi
Bugun Rossiya Milliy Futbol ligasida so‘nggi – 38 tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Vadim Afonin to‘p suradigan “Orenburg” klubi safarda “Tambov” bilan bahs olib bordi.
Mazkur o‘yinda mezbonlar 80-daqiqaga qadar hisobda oldinda borayotgan edilar. Biroq aynan o‘sha daqiqada Afonin muvozanatni tikladi va jamoasiga bir ochko olib keldi.
Shu tariqa, “Orenburg” jamg‘argan ochkolar soni 84 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘rinni olishdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoa o‘tgan turdayoq Premer-ligaga chiqish masalasini hal etib ulgurgan edi.
Rossiya Milliy Futbol ligasi. 38-tur
“Orenburg” – “Tambov” 1:1
Gollar: Biryukov (23) – Afonin (80).
Fikrlar