
APLning ilk turini super to‘qnashuv yakunlab beradi: "Arsenal" - "Manchester Siti"
Bugun Angliya premer-ligasining dastlabki tur uchrashuvlari nihoyasiga etadi. Turning so‘nggi uchrashuvida "Arsenal" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qiladi.
E’tiborlisi, Xosep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" APL doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 5ta uchrashuvdan buyon "kanonirlar"ga mag‘lub bo‘lishmayapti (3ta g‘alaba, 2ta durang). "Arsenal" so‘nggi bor "Emireyts"da 2015 yilning 21 dekabr kuni "Siti"ni mag‘lubiyatga uchratgan.
Premer-liganing o‘tgan mavsumida "Manchester Siti" har ikkala uchrashuvda g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati esa 6:1 ko‘rinishiga kelgan.
"Arsenal" – "Manchester Siti"
Stadion: "Emireyts" (London, Angliya)
Boshlanish vaqti: 20:00
Bosh hakam: Maykl Oliver
Taxminiy tarkiblar:
"Arsenal": Leno – Belerin, Sokratis, Mustafi, Kolashinats – Djaka, Remzi, Ozil – Mxitaryan, Obameyang, Lyakazet.
"Manchester Siti": Ederson – Uoker, Lyaport, Otamendi, Mendi – Fernandino, De Bryuyne, D. Silva – Sane, Marez, Aguero.
Fikrlar