
APL klubi transfer derazasi yopilguniga qadar "Barselona" forvardini sotib olmoqchi
Angliyaning "Uotford" klubi o‘z safiga tezroq "Barselona" hujumchisi Pako Alkaserni qo‘shib olmoqchi.
Football Espana nashrining xabar berishicha APL klubi 24 yoshli ispaniyalik forvardni 9 avgustga qadar, ya’ni Angliyada transfer derazasi yopilguniga qadar qo‘lga kiritmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Alkaserni 30 million evrodan kamiga sotmasligi haqida e’lon qilgan edi.
Fikrlar