APL klubi "Atletiko" himoyachisini sotib oldi
Angliyaning "Vulverxempton" klubi "Atletiko" Madrid himoyachisi Xonni Kastro bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 24 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi APL klubiga 20,6 mln evroga tushgan. Ta’kidlash kerakki, "Vulverxempton" Kastroni sotib olish bilan o‘zining eng qimmat transfer rekordini takrorladi.
Eslatib o‘tamiz, "Vulverxempton" Kastroni o‘tgan yoz ijaraga olgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar