
APL grandlari dog‘da qoldi yoxud "Uotford" Dukure bilan shartnomani uzaytirdi
"Uotford" klubi o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi Abdulay Dukure bilan shartnomani uzaytirgani haqida e’lon qildi.
Unga ko‘ra asli kelib chiqishi malilik bo‘lgan 25 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan kelishuvni 2023 yilga qadar uzaytirgan.
Ta’kidlash lozimki, Dukure o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan yorqin o‘yinlari sabab "Liverpul", "Tottenxem" va "Arsenal" kabi bir qator APL grandlarining qiziqishlariga sabab bo‘layotgan edi.
Fikrlar