
APL chempionligi belgiyaliklar qo‘lida?
“Sky Sports”ning xabar berishicha, belgiyalik futbolchilarning gollari Angliya Premer ligasi chempionligini qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynamoqda ekan.
Kecha “Vest Bromvich”ga qarshi o‘yinda “Chelsi” klubining belgiyalik hujumchisi Mishi Batshuayi o‘yindagi yagona golni kiritdi va “aristokratlar”ning chempion bo‘lishini ta’minladi.
O‘tgan yil esa Eden Azar “Tottenxem” darvozasiga to‘p kiritib, “shporlar”ni chempionlik poygasidan chiqargan va “Lester”ni chempion bo‘lishiga yordam bergan edi.
2015 yilda esa Azarning o‘zi “Kristal Pelas” darvozasini ishg‘ol etish orqali “Chelsi” chempionligini ta’minlagan edi.
Fikrlar