AGMK "So‘g‘diyona"ni qay tarzda mag‘lub etdi? (Video)

  • 23 sentabr, 2018, 23:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Olmaliqning AGMK jamoasi bu tur o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘lim so‘nggida Ilgiz Tantashev jizzaxliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima to‘pini esa Jokich aniq amalga oshirib hisobni ochdi.

Tecno

Ikkinchi bo‘limda esa Zafar Polvonov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi. Shu tariqa Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari raqibni 2:0 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqdilar.

Quyida mazkur uchrashuvda kiritilgan gollar va yuzaga kelgan xavfli vaziyatlar aks etgan videoketma-ketlik bilan tanishtiramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!