
A Seriyaning ikki klubi musobaqadan chetlatilishi mumkin
Ertaga Italiyada o‘tkaziladigan sud majlisida 2ta klub mamlakat A Seriyasini tark etishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bular «Kevo» hamda «Parma» klublaridir. Gap shundaki «Kevo» sohta bank hisob raqamlari ochganlikda, «Parma» esa kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.
Prokuror esa jazo sifatida har ikkala klubdan o‘tgan yili to‘plagan ochkolaridan qisman olib tashlashni talab qilmoqda. Agar shunday bo‘lsa A Seriyada arang jon saqlab qolgan «Kevo» bira to‘la musobaqa bilan xayrlashadi. O‘tgan mavsum B Seriyada ishtirok etgan «Parma» esa aksincha A Seriyaga to‘g‘irdan-to‘g‘ri yo‘llanmadan maxrum bo‘lishi mumkin.
Fikrlar