A Seriyada yana bir iste’fo yuz berdi

  • 9 oktabr, 2018, 20:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Jenoa” klubi bosh murabbiyi Davide Ballardini iste’foga chiqarildi.

Tecno

Endi genuyaliklarni xorvatiyalik Ivan Yurich boshqaradigan bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, 43 yoshli mutaxassis bundan avval ham 3 marotaba “Jenoa”ni boshqargan.

Ma’lumot uchun, “Jenoa” ayni damda A Seriyada 12 ochko bilan 12-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa forvardi Kshishtof Pentek esa 9ta gol bilan to‘purarlar poygasida etakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval A Seriyaning boshqa bir jamoasi "Kevo"da ham bosh murabbiy iste’foga chiqarilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!