
A Seriya. "Yuventus" "Latsio"ni engdi, Ronaldu gol kiritdi
Rimdagi "Olimpiko" stadionida kechgan uchrashuvda turinliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 59-daqiqada Emre Jan o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 74-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Joau Konselu muvozanatni tikladi.
88-daqiqada esa "burgutlar" darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, "keksa sinora"ga 3 ochko olib keldi. Bugungi muvaffaqiyat natijasida Massimiliano Allegri shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 56 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Latsio" esa 37 ochko bilan 8-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar