
A Seriya. "Roma" "Liverpul" bilan o‘yin oldidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Bugun Italiya A Seriyasida 35-tur o‘yinlari start oldi. Turning ilk o‘yinida “Roma” hamda “Kevo” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.
Rimdagi “Olimpiko” stadionida kechgan qarama-qarshilikda mezbonlar 4:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Eslatib o‘tamiz, “bo‘rilar” EChL yarim finalida “Liverpul” bilan bahs olib boradi.
Italiya A Seriyasi. 35-tur
Roma – Kevo 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 9 Shik, 2:0 – 40 Djeko, 3:0 – 65 El-Shaaravi, 4:0 – 67 Djeko, 4:1 – 88 Ingleze.
Roma – Alisson, Fasio, Kolarov, Bruno Peres, Jezus, Pellegrini (Gonalon, 79), de Rossi, Nainggolan, El-Shaaravi, Shik (Manolas, 60), Djeko (Jerson, 84).
Kevo – Sorrentino, Kachchatore, Bani (Gamberini, 46), Tomovich, Depaoli (Yaroshinski, 28), Xetemay, Rigoni, Radovanovich, Kastro (Birsa, 79), Puchcharelli, Ingleze.
Ogohlantirishlar: Kolarov (24), Xetemay (28), Birsa (90), Nainggolan (90).
Chetlatish: Jezus (56).
Fikrlar