
A Seriya. "Napoli" yirik hisobda zafar quchdi
Neapoldagi "San-Paulo" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritishdi. Gollarga Arkaliush Milik, Lorentso Insine hamda Simone Verdilar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa, Karlo Anchelotti shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 51 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Genuyaliklar esa 33 ochko bilan 6-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar