
A Seriya. Milan derbisida "Inter" g‘alaba qozondi
"Juzeppe Meatstsa" stadionida kechgan Milan derbisida "neradzurrilar" 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Uchrashuvdagi yagona gol hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Mauro Ikardi tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "Inter"ning g‘alabasi o‘yinlar seriyasi oltinchi o‘yinda ham davom etdi. Luchano Spaletti shogirdlari jamg‘argan ochkolar soni 19 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 12 ochkoga ega bo‘lgan "Milan" esa xuddi shu pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar