950-golini urgan Ronaldu nimalar dedi?

  • 26 oktabr, 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Professional ligasining oltinchi turida “An-Nasr” futbolchilari safar uchrashuvida “Al-Hazm” jamoasi mehmoni bo‘lib, raqib maydonidan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Tecno

Riyodliklarning navbatdagi uch ochkosini keltirgan gollarga portugaliyalik yulduzlar – Joau Feliks va Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.

Ronalduning kiritgan to‘pi tarixiy ahamiyat kasb etdi. 40 yoshli hujumchi professional faoliyatida rasmiy uchrashuvlardagi gollari sonini 950 taga etkazib oldi. Krishtianu bu marrani zabt etgan yagona charm to‘p ustasi hisoblanadi.

O‘yindan keyin mashhur to‘purar o‘z fikrlar bilan o‘rtoqlashdi.

- Jamoaga yordamim tekkanidan va o‘zim 950-golimni urganimdan mamnunman. Har doim yanada kattarog‘iga intilaman, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Krishianu Ronalduning o‘zi joriy mavsumda barcha turnirlarda sakkizta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!