9 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 27 avgust, 2019, 15:40
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, sentyabr oyida Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start oladi.

Tecno

Saralash bahslarining “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan “Faisal Al-Husseini” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

Shuningdek, 10 sentyabr kuni ham JCh-2022 saralash uchrashuvlari o‘tkaziladi. Taqvimga ko‘ra esa Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2-turda dam oladi. FIFA kunidan unumli foydalanish maqsadida O‘zbekiston terma jamoasi 9 sentyabr kuni Iroq milliy termasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Mazkur o‘yin Iordaniya poytaxti Amman shahrida tashkil etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
27/08/2019 19:52
Ироқ яхши спаринг бӯпди хозирги даражамизда
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/08/2019 15:57
Sharofni chaqiribti. qanotka Sharof uyna olmaydi. Sharof urtaga uynaydi. lekin urta kuchli. manga qolsa urtaga Aziz Odil. Oston. shula uynasa yahshi edi. Oston ham kuchli ekan. Kuper agar kallasi ishlasa Odil bilan. Aziz urtaga uynasa hech kim bass keli olmaydi.
Аваз Бегматов
27/08/2019 15:54
Шу уйинда Ислом Кенжабоевни курикдан утказсангиз яхши иш буларди жаноб Купер