
87 daqiqa harakat qilgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi?
Xabaringiz bor, Rossiya Premer-ligasining navbatdagi turida TsSKA "Dinamo Maxachkala" ustidan ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Mazkur uchrashuvda milliy terma jamoamizning yulduzlaridan biri hisoblangan Abbosbek Fayzullaev 87 daqiqa harakat qildi.
Mashhur Sofascore portali hamyurtimiz ushbu say’i harakatlarini 6.9 ballga loyiq ko‘rdi.
Fotmob versiyasiga ko‘ra, Abbosbek 7.5 ballni qo‘lga kiritgan.
Yana bir ommabop portallardan biri hisoblangan Flashscore esa futbolchimizga 6.9 ball bergan.
Ma’lumot o‘rnida, TsSKA navbatdagi bellashuvini 6 aprel kuni "Dinamo"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar