
8-turda mavsumning bir nechta rekordlari qayd etildi
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda "qaldirg‘ochlar" g‘alaba qozondi. Dastlab, Tursunov hisobni ochgan bo‘lsa, Mahammadjanov imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan so‘ng darvozalar yana bir martadan ishg‘ol qilindi. 90+7-daqiqada esa Mirahmadov penaltidan g‘alaba golini urdi. Shu bilan Superliga 8-turi o‘z nihoyasiga etdi.
Bu turda bo‘lib o‘tgan boshqa o‘yinlar natijasi quyidagicha:
O‘tkazilgan ettita qarama-qarshilikda jami 25 ta gol urildi. Barcha bahslarda darvozalar ishg‘ol qilindi. Turning markaziy o‘yini - "Navbahor" - "Neftchi" "jangi"da yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi. Bundan tashqari, "Markaziy" stadioniga 22350 nafar muxlis tashrif buyurdi va 2024 yilgi mavsum uchun rekord natija bo‘ldi. Bunga qadar "Andijon" - "Metallurg" bahsi uchun "Bobur Arena"ga 19095 nafar muxlis kelgan bo‘lsa, "Neftchi" - "Andijon" uchrashuviga "Istiqlol" stadioniga 19867 muxlis tushgan.
Bu bo‘yicha mavsum avvalidan beri qayd etilgan statistika bunday:
1-turda: 21 ta gol
2-turda: 13 ta gol
3-turda: 24 ta gol
4-turda: 16 ta gol
5-turda 6 ta gol ( 3 ta uchrashuv qoldirilgan)
6-turda: 23 ta gol ( 1 ta uchrashuv qoldirilgan).
7-turda: 14 ta gol
8-turda 25 ta gol
Joriy mavsumda eng ko‘p gol urgan jamoa OKMK bo‘lib turibdi (16 ta gol). Keyingi o‘rinni esa 15 ta gol bilan "Navbahor" band etgan. Eng ko‘p gol o‘tkazgan klub esa "Bunyodkor" - 15 ta.
Turnir to‘purarlari
Toma Tabatadze - 7 ta
Zoran Marushich - 5 ta
Lupche Doriev - 5 ta
Shohruh Abdurahmonov - 4 ta
Sardor Rahmonov - 3 ta
Islom Mamatkazin - 3 ta
Dragan Cheran - 3 ta
Muhammadali Abdurahmonov 3 ta.
8-turdan so‘ng Namangandagi uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilgan "lochinlar" 15 ochko bilan jadvalda etakchilik qilmoqda. Xuddi shuncha ochko jamg‘argan "Nasaf" ikkinchi (to‘plarp nisbati namanganliklarda yaxshiroq) , 14 ochko yig‘gan OKMK esa kuchli uchlikda.
Navbatdagi tur 24 maydan 27 mayga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu safar ham muxlislar ajoyib bellashuvlar guvohi bo‘ladi. Etakchi bo‘lib turgan "Navbahor" safarda "Metallurg" bilan o‘ynasa, "Olimpik" "Andijon"ni, "Paxtakor" esa "Qizilqum"ni mehmon qiladi. Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" Abramovning "Dinamo"sini, "Derbi"da engilgan "yo‘lbarslar" OKMKni qabul qiladi. Bundan tashqari "So‘g‘diyona" - "Bunyodkor" hamda "Lokomotiv" - "Surxon" qarama-qarshiliklari bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar