8 ta gol urilgan o‘yinda "Yangier" tojik klubini mag‘lub etdi

  • 17 iyul, 2022, 10:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga qatnashchisi  - “Yangier” jamoasi ham reja asosida tayyorgarlik ishlarini olib boryapti. Klubni bir qator etakchi futbolchilar tark etgani xususida saytimiz orqali xabar berib o‘tgandik. Ayni paytda ularning o‘rnini to‘ldirish uchun bir qator yangi futbolchilar tarkibga jalb qilinmoqda. Shuningdek, legionerlarning xizmatidan foydalanish ham ko‘zda tutilmoqda.

Tecno

Shu bilan birga o‘rtoqlik uchrashuvlariga ham e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda “Neftchi”ga qarshi maydonga tushgan “Yangier” bu safar o‘z maydonida Tojikistonning “Ravshan” (Kulob) jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

8 ta gol urilgan uchrashuvda “Yangier” raqibini 6:2 hisobida dog‘da qoldirdi. Elyor Mamasoliev, Oybek Ahmatov, Muhiddin Odilov, Bekzod Tolibjonov, Jahongir Abdusalomov va Jonibek Mirzaqulov o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydilar.

“Yangier”: Husan Olimjonov, Abdullo Yunusov, Zoyir Tursunov, Muhriddin Rasulov, Doniyor Tursunov, Julius, Doston Berdiqulov, Oybek Ahmatov, Elyor Mamasoliev, Muhiddin Odilov, Farruh Xojibekov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Sarvar Husanov, Bunyod Abdumannonov, Shohruh Xolmatov, Bekzod Tolibjonov, Islom Baratov, Bunyod Shodiev, Said Abdujabbarov, Xushnud Bozorov, Jonibek Mirzaqulov, Xurshid Asqaraliev, Jahongir Abdusalomov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!