
74 yillik "qora an’ana" barham topdi!
Kecha Evropa chempionati chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastavval, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start olgan Germaniya - Ispaniya bahsida “Qizil Furiya” 2:1 xisobida g‘alaba qozonib, nemislarni o‘z muxlislari qarshisida taslim etdi.
Avvaliga jaroxat olib majburiy almashtirilgan Pedri o‘rniga maydonga tushgan Dani Olmo 52-daqiqada xisobni ochgan bo‘lsa, keyinchalik zaxiradan bellashuvga qo‘shilgan boshqa bir futbolchi Florian Virts 89-daqiqada kiritgan to‘pi bahsni ekstra taymlarga qadar cho‘zilishini ta’minladi. Qo‘shimicha bo‘limlarning xam oxiri o‘tib borayotgan bir pallada katta sahnaga yana bir zaxiradan o‘yinga kirishgan futbolchi Mikel Merino chiqdi. Xammasi “futbol lotereyasi”, ya’ni penaltilar seriyasiga qarab ketayotgan bir pallada aynan Merinoning yo‘llagan zarbasi nemislarning darvoza to‘ridan joy oldi. Shunady qilib, Ispaniya yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi va naqd 74 yillik "qora an’ana"siga yakun yasadi. Aniqrog‘i, ispanlar avval xam aytganimizdek, yirik turnirlarda mezbon terma jamoaga qarshi o‘yinda nafaqat g‘alaba qozona olmayotgan, balki, xatto gol xam kirita olmagan edi.
Oxirgi marotaba ispanlar 1950 yilgi Jaxon chempionati mezboni Braziliya darvozasiga yo‘l topa olgandi. 6:1 hisobi bilan yakunlangan o‘sha uchrashuvda Silvestre Igoa terma jamoasining yagona yupatuvchi goliga mualliflik qilgan.
Shu tariqa, Ispaniya milliy terma jamoasi yarim finalga chiqdi va bu bosqichda ular chorak finalning ikkinchi o‘yinida Portugaliyani penaltilar seriyasiga ko‘ra taslim etgan Frantsiyaga qarshi maydonda chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar