6-finalni boy bergan Keyn alamidan nimalar dedi?

  • 15 iyul, 2024, 20:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbolining ayni paytdagi eng zo‘r hujumchisi Harri Keyn faoliyatidagi oltinchi finalni boy berdi. 30 yoshli to‘purar hisobida birorta sovrin yo‘q.

Tecno

Ispaniyaga boy berilgan finaldan keyin Harri Keyn quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Qalbimiz og‘ridi, chunki juda qattiq harakat qilgan maqsadimizga erisha olmadik. Bu juda uzoq yo‘l va juda qiyin turnir bo‘ldi.

Men jamoadoshlarim va barcha xodimlar bilan faxrlanaman, ular tufayli biz qit’a chempionatining finalida o‘ynadik.

Biz maqsadimizga eta olmadik va bunga ko‘nikishimiz kerak. Lekin har doimgidek yana ko‘tarilamiz, Angliya terma jamoasi libosida yana kurashlarga tayyor bo‘lamiz.

Barcha muxlislardan minnatdormiz, ular bizga oxirgacha ishonishdi va qo‘llab-quvvatlab turishdi, - dedi Harri Keyn.

Harri Keyn Evropa chempionatidan ettita uchrashuvida maydonga tushib, raqiblar darvozasiga ikkita to‘p kiritdi. Uning Angliya terma jamoasidagi umumiy o‘yinlari soni 98 taga etdi va gollari 66 tani tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
15/07/2024 20:16
Сан кетмасанг соврин ҳам йўқ, қаерга борсанг ҳам қадаминг ёқмайди, шумқадам.