6-chempionlik, katta afishalar, neytral maydon – Evropa Ligasi yakunlari

  • 22 avgust, 2020, 17:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
2019/2020 yilgi mavsum o‘z intihosiga etib kelmoqda. Futbol tarixida eng g‘aroyib voqealar bilan yodda qoluvchi bu mavsum bizga kutilmagan natijalar, noodatiy yondashuvlarga boy yil hadya etdi. Hususan, Evropa Ligasida ham shunday hodisalar ro‘y berdi. Umumiy 197 ta uchrashuv o‘tkazilgan mazkur yilda 548 ta gol urildi (har bir o‘yinda o‘rtacha 2.77 ta gol). E’tiborlisi, 2011/12 yilgi mavsumdan beri Evropa Ligasida bu kabi sermahsullik qayd etilmagan edi. O‘shanda har bir bahsda o‘rtacha 2,85 ta to‘p kiritilgan.
wolves280220
Nom jihatidan Evropada ikkinchi o‘rinda turuvchi mazkur turnir bu yil avvalgilaridan ham qiziqarliroq o‘tdi. Bunday deyishimizga sabablar etarli. Birinchidan, asosiy pley-off bosqichlari 1 o‘yindan iborat bo‘ldi va jamoalar taqdiri 90 daqiqa ichida hal qilindi. Bu har bir futbolchini maydonda borini berishga majbur qildi. Ikkinchidan, ishtirokchilar saviyasi ortdi. Ya’ni, chorak finaldayoq, super juftliklar shakllanib ulgurdi. “Vulverxempton” – “Sevilya” darajasidagi klublardan biri ushbu bosqichda turnirni tark etganligini ko‘rgan muxlislar uni yanada katta qiziqish bilan kuzatishda davom etishdi. Uchinchidan, bu safargi musobaqalar milliy chempionatlar yakuniga etganidan keyin boshlandi va bu faktor jamoalarga faqat shu turnirga e’tibor qaratish imkoniyatini taqdim qildi. Avvalgi yillarda ba’zi jamoalar ikkita frontda harakat qilar va aksariyat hollarda tig‘iz taqvim zararini Evropa Ligasi ko‘rar edi.
Sergio-Reguilon-Sevilla-Roma
Biror turnirda chempion bo‘lish aslo oson ish emasligini “Sevilya” jamoasi isbotlab berdi. Musobaqani guruh bosqichidan boshlagan andalusiyaliklar o‘z yo‘llarida chiqqan barcha jamoalar ustidan g‘alaba qozondi. “Roma”, “Vulverxempton”, MYu va yakunda “Inter” ustidan qozonilgan g‘alabalar Lopetegi shogirdlarining darajasini belgilab berdi, g‘alaba ta’mini yanada totliroq qildi. 12 uchrashuv, 23 gol, 7 quruq o‘yin va 6-chempionlik. Bularning barchasi “Sevilya”ning Evropa Ligasida zafar quchishini ta’minladi.
sevilla-manchester-united-160820zg
Bundan tashqari, bir qancha yosh futbolchilar bu turnirda o‘zlarining eng kuchli o‘yinlarini namoyish etdi. Jumladan, MYu safida Deniel Jeyms, Meyson Grinvud, “Sevilya” tarkibida Munir Al-Xaddadi, “Inter” futbolchisi Nikolo Barella kabi iste’dodli futbolchilar uchun bu turnir tramplin vazifasini o‘tab bersa ajab emas.
Deniel Jeyms - MYu debyutanti bo‘lishiga qaramay, ishonchni oqlay oldi. APLdan farqli o‘laroq, jamoa ustozi Sulsher evrokuboklarda yosh iste’dodga imkoniyat berdi. O‘zining tezligi va texnikasidan to‘g‘ri foydalana olgan uelslik vinger bu mavsum Evropa Ligasining eng yaxshi yoshlaridan biri bo‘ldi.
Munir Al-Xaddadi - Chempionlar tarkibida eng ko‘p golni aynan qahramonimiz yo‘llaganligini hamma ham bilmaydi. Ammo andalusiyaliklarning 5 goliga mualliflik qilgan ispan forvardida endi o‘z nomini yanada kengroq yoyish imkoniyati bor.
327fb170-e68c-11e9-bc97-cacc9b4404e2
Nikolo Barella - “Nerradzurilar” bosh murabbiyining maydon markazidagi ishongan quroli sifatida aynan Barellani e’tirof etish lozim. Maydonni ko‘rish, hujumlar tashkillashtirish qobiliyatidan tashqari, u chiroyli zarbalari bilan kerakli gollarni ham kiritib turadi. “Inter” pozitsion hujumga o‘tgan vaqtda uning zimmasiga yuklanadigan mas’uliyat uning darajasini belgilaydi.
Meyson Grinvud - yana bir manchesterlik futbolchi 18 yoshidayoq katta turnirda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. O‘ziga bildirilgan ishonchga u 5 ta gol bilan munosib javob qaytara oldi. MYu keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etishini hisobga olsak, Grinvud bundan ham yorqinroq porlashi mumkin.
internazionale_cinemaApp (2)
Turnir to‘purari uchun taqdim etiladigan sovrin 8 ta gol urgan Brunu Fernandeshga nasib etdi. Portugaliyalik xavbek joriy musobaqani ikki jamoa tarkibida o‘tkazdi. “Sporting” klubi safida mavsumni boshlagan yarim himoyachi qishda manchesterliklar tarkibini to‘ldirdi. Gollaridan 5 tasini u sobiq jamoasida kiritgan bo‘lsa, mankuniyaliklarning 3 to‘piga mualliflik qilgan.
NINTCHDBPICT000566661277
Eng ko‘p “quruq o‘yin” o‘tkazgan andalusiyaliklar kiperi Yassin Bununi musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etishga mutlaqo haqlimiz. 12 o‘yindan 6 tasida darvozasi daxlsizligini saqlashni uddalagan marokashlik posbon jamoasi joniga ko‘p marta aro kirdi.
Assist amalga oshirish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich MYu faxriysi Xuan Mataga tegishli. U mavsum davomida 5 bor jamoadoshlari gollariga hammualliflik qilgan. Bu orqali tajribali yarim himoyachi hali qarib qolmaganini barchaga isbotladi. Jumladan, klub bosh murabbiyi Sulsherga ham.
TELEMMGLPICT000237219818_trans_NvBQzQNjv4BqO2wBkCq2Mm4bNdLs0EhrYyQynkOUP7jc1iwm7BKtzoM
Shuningdek, joriy yilgi musobaqada bir qator rekordlar yangilandi:
-“Sevilya” o‘z tarixida 6-bor hal qiluvchi bahsda maydonga tushdi va ularning barchasini o‘z foydasiga yozib qo‘yishga erishdi;
-“Inter” 8-marta yarim finalga chiqdi va o‘zining rekordini yangiladi;
-Lyuk de Yong EL finalida boshi bilan dubl qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.
lukaku-e1597143129269
Shuningdek, hal qiluvchi bosqichga etib kelish orqali finalchilar anchagina mablag‘ni qo‘lga kiritdi:
“Sevilya” jamoasi umumiy hisobda 18 mln evroga yaqin foydaga ega bo‘ldi (17 922 850 evro)
“Inter” klubi esa 10 mln evrodan ko‘proq mablag‘ ishlab topgan (10 500 000 evro). Shu o‘rinda, “nerradzurrilar” mavsumni Chempionlar Ligasida boshlaganliklarini ham e’tirof etish joiz.
Yuqoridagi mukofot pullari birorta katta transfer amalga oshirishga etmasligi tabiiy. Biroq futbolchilarni rag‘batlantirish uchun kifoya qiladi.
Sevilla
Mana shunday yorqin xotiralar, qiziqarli uchrashuvlar, sensatsion natijalar bilan yodimizda qolgan UEFA Evropa Ligasi 2019/20 yilgi mavsumi o‘z yakuniga etdi. Keyingi yillarda ham bundan-da ajoyib futbol spektakllariga guvoh bo‘lishimizga ishongan holda, Evropa Ligasi 2019/20 sahifasini yopamiz.
Javohir Azimov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!