
49 yoshli Shota Arveladze super gol urdi (video)
"Reynjers"ning 150 yilligiga bag‘ishlab Glazgo klubi afsonalari hamda Luish Figu do‘stlari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bahsda dunyo yulduzlari 3:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi dastlabki golga "Paxtakor" sobiq murabbiyi Shota Arveladze mualliflik qildi. U de Burning uzatmasidan so‘ng bosh bilan super gol urishga erishdi.
https://t.me/sports_uz/94134
Jahon yulduzlari jamoasida Kaka, Kuarejma, Figu, Malouda va Abidal kabi afsonalr harakat qildi.
Fikrlar